– 1586-yil— Angliyaga birinchi marta Kolumbiyadan kartoshka olib kelingan.

– 1912-yil — Bolgariya, Gresiya, Serbiya va Chernogoriya Turkiya bilan Chataljon sulhini imzolashgan.

– 1967-yil — Keyptaun (Janubiy Afrika) kasalxonasida tibbiyot tarixidagi birinchi yurak transplantasiyasi operatsiyasi amalga oshirilgan.

– 1971-yil — uchinchi Hind-Pokiston urushi boshlangan.

– 1989-yil — AQSh prezidenti Jorj Bush va KPSS Markaziy Qoʻmitasi Bosh kotibi Mixail Gorbachyov oʻz mamlakatlarining endi dushman emasligini eʼlon qilishgan. Bu kun tarixga Sovuq urush tugashining rasmiy sanasi sifatida kirgan.

– 1991-yil — SSSR KGB tarqatib yuborilgan.

– 1992-yil — tarixdagi ilk SMS xabar yuborilgan.

– 1992-yil— 3 dekabrʼ BMT Bosh Assambleyasining 47-sessiyasida Xalqaro nogironlar kuni deb belgilangan.

– 1997-yil — piyodalarga qarshi minalardan foydalanish, ishlab chiqarish, toʻplash va eksport qilishni taqiqlash boʻyicha Ottava shartnomasi imzolangan.

– 1999-yil — Ikkinchi Chechen urushi: Rossiya qoʻshinlari Chechenistonning uchinchi yirik shahri Argunni egallab olgan.

 – 2009-yil — Somali poytaxtida terakt sodir boʻlgan.