Yordamga muhtoj, ehtiyojmand kishilarga koʻmak berish, ularning koʻnglini koʻtarish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan sanaladi.
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinayotganiga barchamiz guvoh boʻlib turibmiz. Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan manzilli ijtimoiy himoyaning joylarda keng quloch yoyayotgani buning isbotidir.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortigʻida, yaʼni yettita kishidan kamida bittasida muayan bir turdagi nogironlik mavjud. Barcha nogironlarning 100 milliondan ortigʻini esa bolalar tashkil etadi.
«Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun, BMT Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi qaroriga asosan har yili «3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni» sifatida respublikamizda ham keng nishonlanadi.
Bu sanani nishonlashdan maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar ham boshqalar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishi, ularning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishi, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.
Sherzod ABDUSAMADOV,
«Postda» muxbiri.
