Bu qiziq!
Inson agar ajali yetmasa, har qanday azob va mashaqqatlardan omon qolishi mumkin. Masalan, 1942 yilda nemis suv osti kemasi ingliz savdo kemasini choʻktirib yuborgan.
Unda xizmat qilayotgan xitoylik dengizchi jilet kiyib, suvga sakrashga ulgurib qolgan va suv yuzasida boʻsh sol topib, unga chiqib olgan. Tabiiyki, soldagi ozgina suv va pechene zaxirasi tezda tugaydi. Atlantika okeani boʻylab solda suzib ketayotgan dengizchi yomgʻir suvini toʻplab, shuni ichgan va soxta qarmoq bilan baliq tutib, xomligicha yeyishga majbur boʻlgan. Bir marta chayka qushini tutishga ham muvaffaq boʻladi.
Shunday qilib, xitoylik dengizchi 133 kundan keyingina Braziliya qirgʻoqlariga yetib borgan...
