1. Yoʻlovchilar parvoz paytida taʼm sezish qobiliyatini uchdan bir qismini yoʻqotadilar

Samolyot balandlikda uchayotganda havo namligi pasayadi va havo bosimi tushib ketadi. Bu yoʻlovchilarning hid va taʼm hissini yoʻqotishga olib keladi.

2. Xavo layneri kapitani va ikkinchi uchuvchi odatda farqli ovqatlarni isteʼmol qiladilar. Bunday rasmiy qoida boʻlmasa-da, bu ovqatdan zaharlanish xavfini oldini olish uchun qilinadi.

3 Samolyot faqat bitta dvigatel bilan xam ucha oladi.

Biroq, bu odatda oʻrta masofaga parvoz uchun va qoʻnish bilan bogʻliq, chunki faqat bitta ishlaydigan dvigatel bilan maksimal kuchga erishish juda qiyin boʻladi.

4. Samolyotlar nosoz dvigatellar bilan ham yerga qoʻna oladi.

Aksariyat samolyotlar dvigatellar ishdan chiqqudek boʻlsa, 20-30 daqiqa qoʻshimcha parvoz vaqti boʻladi.

5. Samolyotlarni xam chaqmoq urishi mumkin.

Zamonaviy samolyotlar chaqmoqning elektr zaryadini toʻgʻridan-toʻgʻri samolyotdan oʻtib, boshqa tomondan chiqarish qobiliyatiga ega. Bunday muhandislik odatda samolyotga zarar yetkazilishining oldini oladi.

6. Favqulodda choralar koʻrish uchun qoʻnayotganda samolyot kabinasi xiralashadi.

Agar qoʻnish asnosida tashqari qorongʻi boʻlsa, styuardessalar salon chiroqlarini oʻchiradi, shunda yoʻlovchilarning koʻzlari qorongʻilikka tez moslashadi. Bu favqulodda holatlarda yoʻlovchilar qorongʻida yaxshiroq koʻrishlarini taʼminlaydi.

7. Yoʻlovchilar niqoblari uchun kislorod bor-yoʻgʻi 15 daqiqaga yetadi, xolos.

Bu nisbatan kam tuyulishi mumkin, ammo kislorod balonlaridan faqat yuqori balandliklarda foydalanishadi. 10-15 daqiqa - bu uchuvchi uchun havo kislorodga boy boʻlgan balandlikka samolyotni pastlatish uchun etarli vaqt.

8. Samolyotda yoʻlovchi oynalarida mayda teshik bor. Bu kabinadagi bosimni tartibga solishga yordam beradi. Bu deraza ostidagi kichik teshik foydasiz koʻrinishi mumkin. Biroq, bu kichik teshik salon ichidagi va tashqaridagi havo oʻrtasidagi bosimni muvozanatlashda yordam beradi. Bundan tashqari, u namlikni tashqariga chiqaradi, shuning uchun samolyot derazasi namlanmaydi.