Odamzod har doim ulovga ehtiyoj sezadi. Chunki usiz manzilimiz yaqin yukimiz yengil boʻlmaydi. Shu bois ham barcha transport vositasiga muhabbat bilan qaraydi. Yaxshi ulov boylik va kuch-qudrat ramzi hisoblanadi. Ilgarilari tulpor eng sevimli ulov boʻlgan.

Taraqqiyot va yuksalish sari qadam qoʻyavergan sayin avtomobillar yetakchilikni qoʻlga oldi. Dunyoda 1885 yil 29 yanvarda birinchi “Benz” rusumli avtomobil ishlab chiqarildi. U uch gʻildirakli ikki kishilik oʻrindiqqa ega boʻlib, ogʻirligi 250 kilogramm edi. Mazkur avtomashina “Motorwagen” deb nomlangan.

Mana, birinchi avtomobil “tugʻilganiga” ham 138 yil toʻlibdi. Shundan buyon avtomobillarning turi koʻpayib, bu soha sanoatning yirik tarmogʻiga aylandi.

M.AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.