Bozor yoki supermarketdan banan olayotganimizda unga yopishtirilgan stikerga koʻpchiligimizning koʻzimiz tushgan. Xoʻsh, bu stiker nimani anglatadi, u nega yopishtiriladi? Buni qarangki, shu stikerga qarab olayotgan bananigiz haqida koʻp narsa bilib olishingiz mumkin ekan.

Agar ular 3 yoki 4 raqamlari bilan boshlanadigan 4 xonali kodga ega boʻlsa, bu bananlarni oʻgʻitlar va pestitsidlardan foydalanib yetishtirilganligi nazarda tutilgan boʻladi.

Agar mahsulot 9 raqamidan boshlanadigan 5 xonali kodga ega boʻlsa, bu mahsulot anʼanaviy tarzda yetishtirilganligini anglatadi.

Agar mahsulot 8 raqamidan boshlanadigan 5 xonali kodga ega boʻlsa, bu mahsulot genetik jihatdan oʻzgartirilgan boʻladi yoki u odatda GMO deb ataladi.‌‌