Seysmograf – zilzilani aniqlovchi asbob haqida

Yer silkinishini aniqlaydigan birinchi mashhur asbob milodiy 132 yili xitoylik astronom Chjen Xen tomonidan yaratilgan boʻlib, u aylanasi 2 metr keladigan bronza idishdan iborat boʻlgan. 

Asbobning sirt devoriga 8 ta «ajdarho boshi» joylashtirilgan. Har bir «ajdarho» ogʻzida shar bor. Idish ichiga esa mayatnik joylashtirilgan boʻlib, har bir «ajdarho boshi» unga tortib bogʻlangan. Mayatnik yerosti silkinishi paytida harakatga keladi. Yer qimirlashi qay tomondan sodir boʻlsa, mayatnikka tortilgan oʻsha tomondagi «ajdarho» ogʻzidan otilib chiqqan shar idish tagiga oʻrnatilgan ogʻzi ochiq 8 ta baqadan birining ogʻziga kelib tushadi. Bu asbob juda sezuvchandir. 

Zilzila markazi oʻzidan 6000 kilometr narida boʻlsa-da, payqaydi. Seysmograf Vezuviy observatoriyasida 1856 yildagina qurilgan. Hozirgi kunda esa yerning barcha burchaklarida zamonaviy asboblar bilan jihozlangan va bir xil vaqt boʻyicha ishlovchi seysmik stantsiyalar tashkil etilgan.