Kofein aslida energiya bermaydi. Bu shunchaki miyangizdagi adenozin, yaʼni charchaganingizda buni sizga xabar beradigan retseptorlarni vaqtinchalik bloklaydi xolos...

***

Toshbaqalarning tanasi va ichki organlari qarimaydi. Shuning uchun toshbaqalar kamdan-kam hollarda qarilikdan oʻladi. Ular asosan uzoq umri davomida orttirib olgan jarohatlar, kasalliklar va yirtqichlar hujumidan nobud boʻladi.

***

Javdari, yaʼni qora bugʻdoy unidan qilingan nonni afzal koʻradigan odamlar yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan kamroq azob chekishadi. U oq nonga qaraganda 30 foiz koʻproq kaliy va 50 foizdan ortiq magniyga ega.

***

Uyqu uchun tavsiya etiladigan havo harorati 18-21 gradus hisoblanadi. Inson aynan shunday haroratda yaxshi uxlay oladi.

***

Anor antioksidantlarga boyligi bois yalligʻlanishga qarshi kuchli taʼsirga ega, shuningdek, saraton hujayralarining hosil boʻlishiga qarshilik qilib, hatto oʻldiradi. Qon bosimini sezilarli darajada tushiradi.


G. Buvamirzayeva tayyorladi.