Kunlardan birida ustoz oʻz shogirdiga kamondan oʻq otishni oʻrgatayotgan edi. Yigit yoy va ikkita oʻqni qoʻliga olib, mashqni bajarishga hozirlandi. Shu paytda ustoz uning yoniga yaqinlashib, oʻqlardan birini tortib oldi va bir chetga irgʻitdi.
– Nega ikkinchi oʻqimni olib qoʻydingiz? – hayron boʻlib soʻradi shogird.
– Men sendan ikkinchi emas, birinchi oʻqni oldim, chunki u baribir nishonga tegmasdi.
– Axir, nima uchun?
– Chunki oʻq uzayotib, zaxirada yana bir urinish borligini his etib, diqqatingni tamoman jamlay olmagan boʻlarding, – deya javob qilibdi ustoz.
Rus tilidan Gulchehra AZIMOVA tarjimasi.
