Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan buyon 28 aprelʼ – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ushbu kunning taʼsis qilinishiga sabab butun dunyoda ish joylarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga koʻmaklashishdir.

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni turli shiorlar bilan oʻtkaziladi. Shiorlar har yili oʻzgarib turadi. Hozirda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda hukumatlar, ish beruvchilar, ishchilar jamiyatning tobora ortib borayotgan muammolarini eʼtirof etgan holda, Butunjahon mehnat muhofazasi kuni ish joylarida yuqumli kasalliklarning, xususan, COVID-19 pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurashga bagʻishlab oʻtkazilmoqda. 

Adolat FAYZIEVA tayyorladi.