Kambagʻal bir yigit boy qizni sevardi va bir kuni unga bu haqda aytdi. Qiz unga shunday javob berdi:
- Meni diqqat bilan eshit! Sening bir oylik maoshing mening kundalik ishlatadigan pulimdan ham kamroq. Shunda ham meni rom eta olaman, deb oʻylaysanmi? Men hech qachon seni sevmayman. Shuning uchun meni unut va yaxshisi oʻzingga teng birorta qizni top!
Ammo yigit nimagadir qizni osonlikcha unuta olmadi.
10 yil oʻtdi.
Bir kuni ular savdo markazida yuzma-yuz kelib qolishdi. Qiz uni tanidi:
- Men turmushga chiqdim. Bilasanmi, erimning maoshi qancha? Oyiga $ 200 ming! Tasavvur qilyapsanmi? U yana juda aqlli ham.
Yigit bu soʻzlarni eshitib ancha ranjidi. Shu daqiqada qizning eri kelib qoldi va yigitni koʻrib chehrasi ochildi:
- Salom janob! Shu yerdamidingiz? Tanishing, bu mening ayolim...
Koʻchaga chiqishgach eri qizga yigit haqida gapirib bera boshladi:
- "Men shu janobning qoʻlida ishlayman, senga aytgandimku.
Janob hozir oyiga 2 mln topadi, ammo bir vaqtlar u sevgan qiz kambagʻalligi uchun uni rad qilgan ekan. Shuning uchun haligacha uylanmagan. Bunaqa kuchli muhabbatni yana qayerdan topish mumkin? Qiz qanday omadli ekanligini bilmagan ekan, shunday emasmi?" bu soʻzlarni eshitgan ayolning koʻzlaridan yosh oqdi...?
