Barmoq izi orqali insonlarni farqlash - daktiloskopiya ilmiy identifikatsiyaning birinchi koʻrinishi hisoblanib, u 1882- yilda Parij politsiya kriminalisti Alfons Berillton tomonidan qoʻllanila boshlangan.

Daktiloskopiya - grekchadan olingan boʻlib (daʼktylos-barmoq, skopêin-tekshirish) barmoqni tekshirish yaʼni barmoq izlari oʻziga xosligi va takrorlanmasligiga asoslangan shaxsni aynanlashtirish usuli hisoblanadi.

Inson barmoq izlari u tugʻilmasidan turib rivojlana boshlaydi va umri davomida oʻzgarishsiz qoladi hamda 64 milliarddan - 1 nafardagina boshqa inson barmoq izlari bilan mos kelishi ehtimoli mavjud.

Barmoq izlari orqali aniqlangan birinchi jinoyatchi 1902-yilda Buyuk Britaniyada qoʻlga olingan boʻlib, hozirgi kunga qadar kriminalistikada ushbu usul qoʻllanilib kelinmoqda.

1943-yilda AQSH Federal qidiruv byurosi insonlar barmoq izlarini maʼlumotlar bazasini shakllantirish xavfsizlikni taʼminlashning usullaridan biri deb hisoblanadi va 70 milliondan ortiq shaxslarning barmoq izlari toʻplashga muvaffaq boʻlinadi.

Daktiloskopiya hozirgi kunda ham inson biometrik maʼlumotlari orasida eng ishonarli maʼlumot taqdim etuvchi tizim boʻlib hisoblanadi.