Bu qiziq!
Izlagan imkon topadi deb beji aytishmagan. Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida Yevropa davlatlariga shakar asosan Lotin Amerikasidan eksport qilingan. Lekin 1943 yilga kelib Germaniya shakar olib kelish bilan bogʻliq muammolarga duch kela boshlagan. Shunda asosiy tarkibiy elementi shakar boʻlgan zavodlar ishdan toʻxtab qolmasligi uchun texnologlar mevalardan olinadigan ekstraktdan tashkil topgan yangi ichimlik turini ishlab chiqara boshlagan. Bu ichimlikka ular "Fanta" deb nom berishgan.
Urush ketayotgan bir mahalda Germaniyadagi Coca-Cola ichimligini ishlab chiqaruvchi zavodga Aqshdan masalliqlarni yetkazib berish ham toʻxtab qoladi. Shunda nemislar oziq-ovqat chiqindilaridan, yaʼni olma poʻstlogʻi va sut zardobidan boshqa bir ichimlik ishlab chiqarishga qaror qilishgan va unga "Fanta" (Fantaziya soʻzining qisqartmasi) deb nom qoʻyishgan…
