Jarroh doktor kasalxonaga kirib keldi. Bemorni operatsiya qilishdan avval duo qildi. Soʻngra amaliyot xonasiga kirib ketayotganda, kasal bolaning otasi jarroh doktorga yuzlanib bor ovozi bilan:

– Nimaga kech qolasiz? Oʻgʻlimning hayoti xavf ostida boʻlsa, insofingiz bormi oʻzi? – deya baqira ketdi. 

Doktor sovuq tabassum qilib, javob berdi:

– Iltimos, tinchlaning. Amaliyotimni eson-omon tugatib olgunimcha meni duo qilib turing. Ishonchingiz komil boʻlsin. Oʻgʻlingiz Allohning panohida.

Ota dedi:

– Aka, sizni uyaltirish niyatim yoʻq. Agar sizning oʻgʻlingiz hayotidan judo boʻlayotgan bir paytda, tinchlangan boʻlarmidingiz? Boshqalarga nasihat qilish bunchalar oson ish boʻlmasa.

Doktor indamasdan amaliyot xonasiga kirib ketdi. Soʻngra ikki soatdan keyin shoshib chiqib bemorning otasiga:

– Amaliyotim muvaffaqiyatli oʻtdi. Allohga beadad shukr. Oʻgʻlingizning ahvoli juda ham yaxshi. Meni maʼzur tutasiz. Boshqa boradigan joyim bor, – deb bemorning otasidan hech qanday savolini ham tinglamasdan chiqib ketdi.

Chiqib ketayotgan hamshiradan ota soʻradi:

– Bunchalar magʻrur boʻlmasa bu doktor? 

Hamshira:

– Oʻgʻillari avtohalokatda nobud boʻlgandi. Shunga qaramasdan, oʻgʻlingizning ahvolini bilganlaridan keyin yoʻq demasdan, tezda yetib keldilar. Farzandingizning hayotini saqlab qolganlaridan keyin, nuri diydasini dafn etish uchun yana shoshilib ketdilar...

Shunday qalblar borki, ozor cheksa ham soʻzlamaydi. Bir narsani bilmasdan turib hukm chiqarmang.

Internetdan olindi