Maʼlumki, soʻnggi paytlarda Finlandiyadagi taʼlim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim ekanligi va mazkur tizimning bunday maqomga erishishda yordam beradigan radikal (Buyuk Britaniya va AQSH taʼlim tizimi bilan solishtirganda) gʻoyalar qanday ishlayotgani haqida fikrlar matbuotda keng muhokama qilinmoqda.

Xoʻsh, Finlandiya taʼlim tizimi bunday muvofaqqiyatga qanday erishdi? Zero, aksariyat hollarda fin talabalari AQSH va Buyuk Britaniya talablaridan yuqoriroq natijalar qayd etishadi.

Maʼlumki, Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD) tomonidan har uch yilda bir marta oʻtkazildigan Xalqaro Talabalarni Baholash Dasturi (PICA), muntazam ravishda amerikaliklar va britaniyalik talabalarning taʼlim samaradorligini baholashda jiddiy ravishda ortda qolayotganligini koʻrsatib turadi. Bugun shu haqida gaplashamiz.

1. Finlandiya bolalari taʼlimni boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda kechroq boshlaydilar. Ular 7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilinishadi. «Bolalarni haddan ziyod erta maktabga berish ilmiy jihatdan foydali emasligi tasdiqlangan», deyiladi fin tizimida.

2. 7 yoshgacha boʻlgan bolalar kunduzgi bolalar bogʻchalariga qatnaydilar, ammo u yerda darslar oʻrniga ijodiy oʻyinlarga eʼtibor berishadi. «Bu yoshdagi bolalarga oʻynash va jismoniy faol boʻlish uchun vaqt kerak. Bu yosh ijodkorlik davri”, deydi Xelsinki shahridagi Franseniya kunduzgi davolash markazi rahbari Tina Marjoniyemi.

3. Oʻqishning har 45-daqiqasida talabalar 15 daqiqa tanaffus qilib, turli oʻyinlar oʻynashadi.

4. Finlandiyada majburiy taʼlim 9 yil davom etadi, oʻquvchilar 16 yoshdan oʻqishni tark etishlari mumkin. Ushbu gʻoya Finlyandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan.

5. Finlandiyada talabalar faqat 16 yoshida markazlashtirilgan imtihondan oʻtishlari talab qilinadi.

6. Finlandiya talabalari rivojlangan mamlakatlar ichida eng kam dars soatlarini oʻqiydilar (darslar 8-9 oraligʻida boshlanib, kunduzgi 2 gacha yakunlanadi), shunga qaramay juda yaxshi natijalar qayd etadilar.

7. Finlandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, oʻqituvchilar va hatto talabalar oʻrtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, aynan hamkorlik muvaffaqiyat kalitidir, deb hisoblashadi.

8. Fin oʻqituvchilari dunyodagi eng malakali mutaxassislardir. Finlyandiyada oʻqituvchilikka boʻlgan talablar juda yuqori.

9. Finlandiya oʻqituvchilari xuddi shifokorlar va yuristlar kabi maqomga ega. Ularing ijtimoiy mavqei ham juda yuqori.

10. Fin oʻqituvchilarining bu qadar ulkan mavqega egaliklari oʻqituvchi kasbiga boʻlgan talabning yuqoriligi hamda malaka imtihonlarining murakkabligi bilan izohlanadi. Shuning uchun Finlandiyada ular oʻz oʻqituvchilarini doimiy ravishda baholash va baholab borish zaruratini sezmaydilar. Agar oʻqituvchidan qandaydir xato yoki kamchilik oʻtadigan boʻlsa, u bilan maktab direktorining oʻzi shugʻullanib qoʻya qoladi.

11. Finlandiyada maktablar tekshirilmaydi. 1990 yillarning boshlarida Finlandiyada maktablarni maxsus komissiyalar tomonidan tekshirilish amaliyoti bekor qilindi. Finlandiyaliklar oʻqituvchilar va maktab rahbarlarining professionalligiga ishonadilar. Maktablar oʻz-oʻzini baholashga daʼvat etiladi.

12. Finlandiyada xususiy maktablar mavjud emas. Fin maktablari oʻrtasida raqobat yoʻqligining sabablaridan biri shundaki, barcha maktablar davlat mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu bois qayerdadir yaxshi, qayerdadir sustroq taʼlim berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

13. Finlandiya maktablarining barcha oʻquvchilarining tushligi davlat tomonidan qoplab beriladi. 1943 yildan buyon mazkur amaliyotga amal qilib kelinmoqda.

14. Finlandiya taʼlim tizimi test natijalarini koʻpaytirish va matematika, tabiiy fanlar, ingliz tillariga ustuvorlik berish oʻrniga, oʻqish uchun sogʻlom va uygʻun muhit yaratishga eʼtibor qaratildi. Bunda taʼlim «ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi boʻlishi kerak», degan mafkuraga amal qilinadi.

15. Finlandiya talabalari koʻproq tillarni oʻrganishadi. Ular fin tilini maktabdagi birinchi kunidan oʻrganishadi. 9 yoshida ular shved tilini oʻrganishni boshlaydilar. 11 yoshida ular uchinchi tilni (odatda ingliz tilini) oʻrganishg ragʻbatlantiriladi. Koʻplab oʻquvchilar 13 yoshida toʻrtinchi tilni oʻrganayotgan boʻladi.

16. Oʻqituvchilar odatda kuniga 4 soatdan mashgʻulot oʻtkazishadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Bu esa, oʻz navbatida muallimlarga tushadigan stressni kamaytiradi.

17. Finlandiya milliy oʻquv dasturi keng qoʻllanma boʻlib, oʻqituvchilarga oʻz uslubi va fikrlarini sinfda ishlatishiga imkon beradi. Bu Finlyandiya taʼlim tizimining oʻz oʻqituvchilariga boʻlgan ishonchiga asoslanadi.

 18. Oʻrta maktab oʻquvchilarining 66% qoʻshimcha taʼlimga (kollej yoki kasb-hunar kurslariga) qatnaydilar.

19. Finlandiya har bir talabaga AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Germaniyaga qaraganda taxminan 30% kamroq mablagʻ sarflaydi (OECD statistikasi).

Guli Nigor tayyorladi.