Tibetlik donishmandlarning fikricha, hayot biz oʻylagandan koʻra oddiyroq va barcha buyuk ishlarni osonlik bilan amalga oshirish mumkin ekan. Bu soʻzlarning mohiyatini anglab yetish va his qilish uchun esa quyidagi oddiy qoidalarga amal qilish kifoya.

* Olam bilan tanishish, unga oid bilimlarga ega boʻlish uchun zinhor vaqt va mablagʻingni ayama.

* Hayotda faqat oʻzingga, oʻz hislaringga ishonishni odat qil.

* Odamlar bilan munosabatda sabrli va iltifotli boʻl.

* Biron narsa koʻnglingga maʼqul keldimi – buni bildir.

* Maʼqul kelmasa ham – buni bildir.

* Yaqin kishingni sogʻindingmi – qoʻngʻiroq qil.

* Nimanidir tushunmadingmi – qayta soʻra.

* Qandaydir istaging bormi – iltimos qil.

* Seni anglashlarini istaysanmi – yaxshilab tushuntir.

* Aybdor boʻlsang – shu zahotiyoq tan ol va oʻzingni oqlash uchun bahona izlama.

* Axmoq kishilar bilan hech qachon bahslashma.

* Hamisha yodingda boʻlsin, hammaning oʻz haqiqati bor va u senikiga toʻgʻri kelmasligi mumkin.

* Badaxloq va yaramas insonlar bilan muloqot qilma.

* Odamning muammolari faqat uning oʻzida boʻlishini unutma.

* Har bir hodisadan zavq olishga intil.

* Hech qachon mijgʻov boʻlma.

* Bugun bilan yasha, chunki kechagi kun oʻtib ketgan, ertangisi esa kirib kelmasligi ham mumkin.

* Bilginki, bugun eng yaxshi kuningdir.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.