Janob Bin roli bilan mashhurlikka erishgan, koʻpincha dovdir va kulgili qahramonlar obrazlarini maromiga yetkazib ijro etadigan Rouen Atkinson hayotda juda aqlli inson. Uning IQ darajasi 178 ballga teng. Garchi hech qachon sinovdan oʻtmagan boʻlsa-da, dunyoga mashhur olim, fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Albert Eynshteynning IQ koʻrsatkichini ekspertlar 160 ball deb baholashgan.
Rouen Atkinson maktabni bitirganidan soʻng Nyukasl universitetini elektronika ixtisosligi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlab, Oksford kollejida magistrlik darajasini oldi. Shundan keyingina unga dunyo miqyosida shuhrat keltirgan aktyorlik faoliyatini boshladi. Aktyor yuk avtomashinalarini hamda avtopoyezdni boshqarish boʻyicha haydovchilik guvohnomasiga ham ega.
Mahliyo XOLOVA tayyorladi.
