Bugun 18-dekabr kunining muhim voqealari bilan tanishing.
Bayramlar
- Xalqaro migrantlar kuni.
- Xalqaro arab tili kuni.
- AQSh – Milliy egizaklar kuni.
- Eron – Universitet birligi kuni.
Muhim voqealar
1865 – AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 13-tuzatish qullikni bekor qildi.
1973 – Islom taraqqiyot banki tashkil qilindi.
Tavalludlar
1856–Jozef Djon Tomson (1940) – elektronni kashf etgan ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
1863–Frans Ferdinand (1914) – Avstriya taxtining vorisi, uning oʻldirilishi
I Jahon urushining boshlanishiga sabab boʻlgan edi.
1921–Yuriy Nikulin (1997) – sovet va rus aktyori, masxaraboz, teleboshlovchi.
1963–Bred Pitt – amerikalik aktyor, prodyuser, "Oskar" mukofoti sovrindori.
2001 – Billie Eilish – amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis.
