Oʻzini ayol kishidan ustun deb bilganlar johildir, degan edi Jamoliddin Rumiy.
Redyard Kipling qayd etganidek, ayolning tahmin qilgan narsasi, erkakning ishonchi komil boʻlgan mavzusidan toʻgʻriroq.
Uvvos solib yigʻlagan bir ayolning koʻz yoshlari uni yigʻlatgan insonning kelajakda boshiga keladiganlari ostiga qoʻyilgan imzodir, deya ogohlantirgan edi Charlz Bukovski.
Tolstoy taʼkidlaganidek, ayol shunday hilqatki, uni qancha oʻrgansang oʻrgan, har doim darsning yangi mavzusidek turadi.
Uinston Cherchil oʻzining hayotdagi eng yorqin muvaffaqiyati rafiqasini oʻzi bilan oila qurishga koʻndira olgani ekanini qayd etgan.
Linda Li-Potterning fikricha, kuchli erkaklar oʻz ayolining qoʻllab-quvvatlashi bilan muvaffaqiyatga erishadi, kuchli ayollar esa turmush oʻrtogʻiga qaramay muvaffaqiyatlidir.
Ayol bilmaganga nafs, bilganga nafasdir, degan edi Shams Tabriziy.
Gyote aytganidek, ayolni, sheʼrni va musiqani sevmagan kishi bir umr ahmoq kabi yashaydi.
Pablo Nerudaning aytishicha, bir ayol koʻp narsalarni tilga keltirish kerak boʻlgan joyda sukut saqlayotgan boʻlsa, bu erkakning butun imkoniyatlarini yoʻqotganini bildiradi.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
