(22 avgustdan 28 avgustgacha)

Qoʻy. Ayrim koʻngilsizliklarni hisobga olmaganda, hafta siz uchun juda omadli kechadi. Xizmat borasida koʻpgina tanishlar orttirasiz. Bu tanishuvlar sizga kelajakdagi rejalaringizni amalga oshirishda juda asqotadi. Xonadoningizda hotirjamlik hukm suradi. Dam olish kunlari tinch, osuda ruhda kechadi.

Buzoq. Mazkur haftada moliyaviy ahvolingiz biroz yomonlashadi. Xizmat safari koʻngilsizlik keltirishi mumkin. Lekin ruhingizni tushirmang. Boshlagan ishlaringizni puxta reja asosida yuriting. Dam olish kunlarini oila davrasida oʻtkazgan maʼqul. Chunki barcha koʻngilsizliklarda dalda boʻluvchi – yaqinlaringiz.

Egizaklar. Hafta siz uchun ogʻir boshlanadi. Ayniqsa, dushanba kuni ish joyidagi koʻngilsizliklar kayfiyatingizni tushiradi. Chorshanba, payshanba kunlari ishingiz judayam koʻpayadi. Chunki shu kunlarda muhim loyihalarni amalga oshirishga toʻgʻri keladi. Dam olish kunlari sogʻligʻingizga eʼtibor qarating.

Qisqichbaqa. Shu haftada hayotingizda muhim oʻzgarish sodir boʻladi. Ishingizga diqqat-eʼtiborli boʻling. Bu albatta oʻz samarasini beradi. Iqtisodiy tomondan ragʻbatlantirishlar kayfiyatingizni yanada koʻtaradi. Umuman olganda, hafta juda barakali keladi. 

Arslon. Hafta boshida sogʻligʻingiz biroz yomonlashib, bu barcha ishlarga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin. Lekin siz davolanishga jiddiy eʼtibor qarating. Chunki tansihatlik boʻlsa, qolgan ishlar ham oʻz izida ketadi. Shanba, yakshanba kunlari sizni koʻrgani qarindosh va doʻst-birodarlaringiz kelishadi.

Parizod. Mazkur haftada siz uchun taassurotlarga boy boʻladi. Ishqiy sarguzashtlar ham sizni chetlab oʻtmaydi. Seshanba kuni bolalikdagi qadrdonlarni uchratasiz. Haftaning ikkinchi yarmidagi xizmat safarlari juda mazmunli kechadi, ammo harajatlar ortishiga olib keladi.

Tarozi. Ushbu haftada hayotingiz bir maromda kechadi. Ish faoliyatingizdagi baʼzi mayda-chuyda, eʼtiborsiz narsalarga ahamiyat bermang. Payshanba kuni katta loyihalarga qoʻl ura koʻrmang. Hafta oxirida qadrdonlar bilan yigʻilib dam olasiz.

Chayon. Hafta davomida atrofdagilar koʻz oʻngida oʻsa boshlaysiz. Ish faoliyatingizda yangi gʻoyalar tugʻiladi. Doʻstlaringiz boshiga tushgan muammolarni osongina hal qilib, ularni hayratda qoldirasiz. Oilangizda tinchlik-hotirjamlik hukm suradi.

Oʻqotar. Ushbu hafta savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchilarga biroz dilxiraliklar keltirishi mumkin. Koʻpdan beri siz bilan hamkorlik qiladigan tanishlardan ham ehtiyot boʻling. Chuv tushib qolish ehtimoli bor. Shuning uchun bu haftani oilangiz davrasida, yaqinlaringiz bilan oʻtkazganingiz maqsadga muvofiqdir.

Togʻ echkisi. Kelayotgan haftada sizga quvonchli kunlar hamroh boʻladi. Ishlaringiz yurishib, muammolarga yechim topiladi. Payshanba kuni oilangiz uchun kutilmagan sovgʻa qilasiz. Dam olish kunlari uyingizga kelgan mehmonlardan kayfiyatingiz yanada koʻtariladi.

Qovgʻa. «Dushanba – ogʻir kun» deb bejiz aytishmagan. Bu aynan sizga taalluqli. Xizmat yuzasidan kelib chiqishi mumkin boʻlgan baʼzi tushunmovchiliklarni bosiqlik bilan hal eting. Haftaning ikkinchi yarmi esa juda osoyishta kechadi. Sogʻligʻingizga eʼtiborli boʻlish yoddan koʻtarilmasin. 

Baliq. Hafta davomida tinmay mehnat qilasiz. Bu esa ish joyingizda obroʻingiz oshib, martabangiz koʻtarilishiga zamin yaratadi. Juma kuni koʻngilni poklovchi maskanlarni ziyorat etib, ruhiy ozuqa olishga harakat qiling. Dam olish kunlari yaqin qarindoshlaringizni borib koʻrishni unutmang.