(6 martdan 12 martgacha)
Qoʻy. Bu davrda ham shaxsiy masalalar, ham ish yuzasidan koʻp joylarda boʻlishingiz kutilmoqda. Faqat orada dam olishni va salomatlikka eʼtibor qaratishni unutib qoʻymang. Siz hatto eng kamgap va feʼli ogʻir insonlar bilan ham til topisha olasiz. Ushbu jihatdan foydalangan holda har qanday muammo va nizolarni hal qilish uchun mazkur hafta kunlari ayni muddaodir.
Buzoq. Ushbu kunlarda kayfiyatingiz koʻtarinki boʻlib, qoʻl urgan barcha ishlaringiz baroridan keladi. Bu hafta ham ishda, ham oilada oʻzingizni koʻrsatish uchun yaxshi palla. Biroq bu jarayonda ortiqcha his-hayajonga berilmay, imkon boricha bosiqlik bilan ish yuritish lozim. Yaqinlaringizdan oʻz koʻmak va mehringizni zinhor ayamang.
Egizaklar. Barcha reja va oʻylab qoʻyilgan ishlarni amalga oshirish uchun omadli davr. Ushbu kunlar davomida hayotingizda moliyaviy, muhabbat va doʻstlik masalalarida keskin oʻzgarishlar kutilmoqda. Biroq baʼzi qarash va oʻy-fikrlarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keladi. Dam olish kunlari har tomonlama hushyor va kuzatuvchan boʻlish talab etiladi.
Qisqichbaqa. Bu hafta davomida kuch-gʻayrat, imkoniyat va salomatlik sizning foydangizga xizmat qiladi. Bundan unumli va maqsadli foydalanish oʻzingizga bogʻliq. Mazkur hafta oilaviy masalalarni hamda anchadan beri oʻz yechimini kutayotgan muammolarni hal etish uchun qulay davrdir.
Arslon. Bu hafta davomida juda koʻp ishlarni amalga oshirishga toʻgʻri keladi. Shu sababdan sizga yaxshigina hordiq zarur boʻladi. Hamkasblaringiz tomonidan aytilgan baʼzi nooʻrin gaplarga ahamiyat qaratmang. Imkon qadar ular bilan nizoga bormaslikka harakat qiling. Dam olish kunlarini sevimli va qadrli insonlar davrasida oʻtkazing.
Parizod. Shu kunlarda ish yuzasidan bir qancha takliflar kelib tushishi mumkin. Ularni qabul qilishdan oldin, har bir jihatni sinchiklab oʻrganib, puxta oʻylab koʻring. Farzandlaringiz hayotidagi muhim hodisalarni oʻtkazib yubormaslik uchun ular bilan ishonchli munosabat oʻrnatishga harakat qiling. Moliyaviy masalalarda diqqat-eʼtiborli boʻling.
Tarozi. Sizni qizgʻin hafta kutmoqda. Ham ishdagi, ham oilaviy turmushdagi masalalarni hal qilishga toʻgʻri keladi. Ammo xavotir olmang, saʼy-harakatlaringiz oʻz natijasini berib, barcha muammolarning uddasidan chiqishga erishasiz. Transport vositasini boshqaruvchilar bu hafta davomida oʻta ehtiyotkor va diqqatli boʻlishlari lozim.
Chayon. Bu davrda, ayniqsa, hafta boshida horgʻinlik va charchoq holati sizga hamrohlik qiladi. Oʻzingizni oʻzingiz ruhlantiring, tasalli bering yoki bu masalada doʻstlaringizga murojaat qiling. Yaqin va qadrdon insonlar bu davrda ruhiy koʻmak berib, sizni qoʻllab-quvvatlashadi.
Oʻqotar. Bu hafta hayotingizda nimaiki sodir boʻlmasin, hammasini yaxshilikka yoʻyishga harakat qiling. Oilada baʼzi bir tushunmovchilik va koʻngilxiraliklar kuzatilishi mumkin. Ehtimol, oʻz manfaatlaringizni chetga surib, qadrdonlaringizga yon bergan holda murosa yoʻlini tutishingizga toʻgʻri keladi.
Togʻ echkisi. Bu davrda ish faoliyati old safdan oʻrin egallaydi. Shu sababdan imkon qadar diqqatli, hushyor va gʻayrat-shijoatli boʻlishga harakat qiling. Dam olish kunlarini yaqinlar davrasida oʻtkazish oilaviy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qovgʻa. Hayotingizda jiddiy oʻzgarishlarga tayyor turing. Umrini ikkinchi jufti bilan bogʻlashga ulgurmaganlarni bu hafta yangi tanishuvlar kutmoqda. Kayfiyatingiz va ruhiy holatingizga eʼtiborli boʻling. Oʻzingizni yomon his qila boshlasangiz, ishdan biroz taʼtil olishni tavsiya etamiz. Vaqtni toza havoda, tabiat qoʻynida oʻtkazish siz uchun juda foydali boʻladi.
Baliq. Ushbu davr siz uchun juda hayajonli kechadi. Koʻpgina ustuvor va ahamiyatga molik ishlarni hal qilishga erishasiz. Lekin ushbu joʻshqin jarayonda hujjatlarga alohida eʼtibor qarating: nimanidir imzolashdan oldin, uni diqqat bilan oʻrganib chiqishni unutmang. Hafta soʻngida intiqib kutilgan hordiq onlaridan bahramand boʻlasiz.
