(15 yanvardan 21 yanvargacha)
Qoʻy. Sizni hodisalarga boy hafta kutmoqda. Dushanba kuni foydali narsaga pul tikish haqida oʻylab koʻring, ehtimol, bu bilan moliyaviy holatingizni yaxshilab olishga erishasiz. Bu davr ish munosabatlarini mustahkamlash uchun qulay boʻlib, oʻz rejalaringiz haqida eʼtiborli tanishlarga soʻzlab berishingiz mumkin. Dam olish kunlari doʻstlar va yaqinlaringiz bilan bogʻlaning.
Buzoq. Qishning bu davri oʻta omadli boʻlib, keskin oʻzgarishlar va kutilmagan yoqimli voqealar ham kuzatilishi mumkin. Ushbu hafta davomida har qanday tashabbus ijobiy natijalar berishi kutilmoqda. Vaqtni toʻgʻri taqsimlash natijasida koʻpgina muhim vazifalarning uddasidan chiqishga muvaffaq boʻlasiz. Ishdan holi kunlari xaridlar yoki har qanday moliyaviy harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Egizaklar. Bu hafta kuch-gʻayratingiz yetaridan ortiq boʻladi. Lekin atrofdagi «quvvat soʻruvchi» nafaqat raqiblar, balki hamkasblar va doʻstlardan ehtiyot boʻling. Shu kunlarda katta pul mablagʻi kelib tushishi mumkin, lekin uni oʻngu soʻlga behuda «sochmang». Haftaning soʻnggi kunlarini oʻzingizga, sogʻliqni mustahkamlashga va miriqib dam olishga sarflang.
Qisqichbaqa. Hafta boshida doʻstlarga sizning yordamingiz zarur boʻlib qolishi mumkin. Seshanbada vaqtingizni maishiy muammolarni hal etishga bagʻishlang. Chorshanba uchun rejalashtirilgan xizmat safarlari omadli kechadi, juma kuni esa bunday safarlardan uzoq turgan maʼqul. Dam olish kunlari uzoqdan qarindosh va yaqinlaringiz tashrifi kutilmoqda.
Arslon. Dushanba kuni pullik bonuslar olishingiz ehtimoli yuqori. Moliyaviy masalada tejamkor boʻlishga harakat qiling, pullarni birinchi uchragan ish uchun behuda sarflamang. Chorshanba kuni yangi tanishlar orttirilishi, foydali aloqalar oʻrnatilishi kutilmoqda. Oilaviy muammolarni hal etish harakatini haftaning ikkinchi yarmiga qoldirganingiz maʼqul.
Parizod. Kelayotgan hafta yangi narsalarni oʻrganishga sabab boʻladi. Bu davrda moliyaviy muammolarni imkon qadar hal etishga harakat qiling. Barcha gʻoyalaringiz hayotga tatbiq etiladi, asosiysi, tavakkalchilikni talab qiladigan ishlarga aralashmang. Dam olish kunlarida rejalashtirilgan barcha tadbirlar koʻngildagidek oʻtadi.
Tarozi. Bu davrda koʻproq ijodiy ishlar bilan shugʻullanasiz, bunda chorshanba eng omadli kun hisoblanadi. Gap foydali bitimlar va istiqbolli shartnomalar haqida ketmoqda. Oʻz isteʼdod va qobiliyatlaringizni koʻrsatishdan, doʻstlarga koʻmak soʻrab murojaat qilishdan choʻchimang. Juma kuni sevimli ish bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Chayon. Dastlabki uch kun biroz ogʻir kechadi. Oʻzaro tushunmovchilik va murosaga kelmaslik atrofdagilar bilan munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Haftaning ikkinchi yarmi yangi gʻoyalarni roʻyobga chiqarish, sarmoya tikish va yirik xaridlar qilish uchun qulaydir.
Oʻqotar. Dushanba va seshanba kunlari moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, shu kunlarda sarmoyali takliflar olishingiz mumkin. Qishning soʻnggi kunlari faol harakatlar davri boʻlib, kelgusi muvaffaqiyatlarga erishish va faoliyatda yordam beruvchi foydali aloqalarni oʻrnatish uchun yaxshi imkoniyatdir. Hafta soʻngida barcha uchrashuvlarni bekor qilib, vaqtni uy sharoitida, huzur va halovatda oʻtkazgan maʼqul.
Togʻ echkisi. Haftaning ilk kunlari ishda yutuqlarga erishishni vaʼda qiladi, ayni shu davrda hatto bajarilishi eng qiyin boʻlgan vazifalarni ham hech ikkilanmay amalga oshirish tavsiya etiladi. Hayotda oʻz juftini topmaganlarni bu haftada istiqbolli tanishuvlar, oila qurganlarni esa munosabatlarning yanada mustahkamlanishi kutmoqda.
Qovgʻa. Hafta davomida butun kuch va shijoatni toʻplab, oʻrnini bosib boʻlmas xodim ekaningizni hammaga isbotlang. Oʻzingizga boʻlgan ishonch darajasini yuqori ushlang, kasbiy mahoratingiz yuksakligiga hech kim shubha qilmasin. Seshanba yangi shartnoma va bitimlar tuzish uchun omadli kun – sarflangan mablagʻ katta foyda keltiradi.
Baliq. Koʻpdan beri oʻz yechimini topa olmayotgan masalalar aynan shu kunlarda hal boʻlishi mumkin. Koʻzlangan maqsadga erishish uchun yanada faol harakat qilishingizga toʻgʻri keladi. Shuningdek, bu hafta salomatligingizga jiddiy eʼtibor qaratishni, barcha yumushlarni toʻgʻri taqsimlab, vaqtida dam olishni unutmang. Yakshanba kuni imkon qadar oila davrasida hordiq oling.
