(6 dekabrdan 12 dekabrgacha)

Qoʻy. Sizni hodisalarga boy hafta kutmoqda. Dushanba kuni foydali narsaga pul tikish haqida oʻylab koʻring, ehtimol, bu bilan moliyaviy holatingizni yaxshilab olishga erishasiz. Bu davr ish munosabatlarini mustahkamlash uchun qulay boʻlib, oʻz rejalaringiz haqida eʼtiborli tanishlarga soʻzlab berishingiz mumkin. Dam olish kunlari doʻstlar va yaqinlaringiz bilan bogʻlaning. 

Buzoq. Hafta boshida ish joyingizda tekshiruv tashkil etilishi mumkin. Bundan aslo xavotirga tushib, qaygʻurmang. Aksincha, barcha saʼy-harakatlaringiz munosib baholanadi. Haftaning ikkinchi yarmida tarang asablarni boʻshashtiring, ijodiy rejalarni amalga oshirish haqida oʻylang. Hafta soʻngida oila davrasida maroqli hordiq chiqaring. 

Egizaklar. Kelayotgan hafta yangi narsalarni oʻrganishga sabab boʻladi. Bu davrda moliyaviy muammolarni imkon qadar hal etishga harakat qiling. Barcha gʻoyalaringiz hayotga tatbiq etiladi, asosiysi, tavakkalchilikni talab qiladigan ishlarga aralashmang. Dam olish kunlarida rejalashtirilgan barcha tadbirlar koʻngildagidek oʻtadi.    

Qisqichbaqa. Dushanba kuni pullik bonuslar olishingiz ehtimoli yuqori. Moliyaviy masalada tejamkor boʻlishga harakat qiling, pullarni birinchi uchragan ish uchun behuda sarflamang. Chorshanba kuni yangi tanishlar orttirilishi, foydali aloqalar oʻrnatilishi kutilmoqda. Oilaviy muammolarni hal etish harakatini haftaning ikkinchi yarmiga qoldirganingiz maʼqul.  

Arslon. Hafta boshida doʻstlarga sizning yordamingiz zarur boʻlib qolishi mumkin. Seshanbada vaqtingizni maishiy muammolarni hal etishga bagʻishlang. Chorshanba uchun rejalashtirilgan xizmat safarlari omadli kechadi, juma kuni esa bunday safarlardan uzoq turgan maʼqul. Dam olish kunlari uzoqdan qarindosh va yaqinlaringiz tashrifi kutilmoqda.   

Parizod. Bu hafta kuch-gʻayratingiz yetaridan ortiq boʻladi. Lekin atrofdagi «quvvat soʻruvchi» nafaqat raqiblar, balki hamkasblar va doʻstlardan ehtiyot boʻling. Shu kunlarda katta pul mablagʻi kelib tushishi mumkin, lekin uni oʻngu soʻlga behuda «sochmang». Haftaning soʻnggi kunlarini oʻzingizga, sogʻliqni mustahkamlashga va miriqib dam olishga sarflang.

Tarozi. Hafta davomida butun kuch va shijoatni toʻplab, oʻrnini bosib boʻlmas xodim ekaningizni hammaga isbotlang. Oʻzingizga boʻlgan ishonch darajasini yuqori ushlang, kasbiy mahoratingiz yuksakligiga hech kim shubha qilmasin. Seshanba yangi shartnoma va bitimlar tuzish uchun omadli kun – sarflangan mablagʻ katta foyda keltiradi. Lekin yaxshi tanish boʻlmagan odamlar bilan oʻz rejalaringizni oʻrtoqlashmang.    

Chayon. Bu davrda koʻproq ijodiy ishlar bilan shugʻullanasiz, bunda chorshanba eng omadli kun hisoblanadi. Gap foydali bitimlar va istiqbolli shartnomalar haqida ketmoqda. Oʻz isteʼdod va qobiliyatlaringizni koʻrsatishdan, doʻstlarga koʻmak soʻrab murojaat qilishdan choʻchimang. Juma kuni sevimli ish bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Oʻqotar. Sizni qiziqarli va yodda qoluvchi voqealarga boy hafta kutmoqda. Ammo shubhali va qaltis moliyaviy ishlarga aralashmaslikka harakat qilib, mugʻombir tanishlar bilan muloqotni uzing. Dushanba kuni baʼzi hamkasblar bilan munosabatlar iziga tushadi, asosiysi, chegarani saqlab, betakalluflikdan yiroq boʻling. 

Togʻ echkisi. Jamoaviy faoliyatda doim ishtirok eting, sizdagi faollik va shijoat koʻpchilikka maʼqul keladi. Ushbu hafta sizga uzoq kutilgan sokin hayotni tuhfa etadi. Osoyishtalik va farogʻat uygʻunligini buzmaslik uchun har qanday vaziyatda oʻzingizni tutib, ogʻirroq boʻlishga harakat qiling. Bu davr yangi rejalar tuzish va ularni amalga oshirish yoʻllarini izlash uchun juda qulay

Qovgʻa. Ish joyingizda kutilmagan va asosiy oʻzgarishlar yuz beradi. Bu hafta qadrdonlar va doʻstlar koʻmagi, mehr-muhabbatidan toʻliq bahramand boʻlasiz. Ushbu gʻamxoʻrlik ish faoliyatida zimmangizga yuklatilgan murakkab vazifalarning uddasidan chiqishga yordam beradi. Moliyaviy jihatdan ham muvaffaqiyat siz tomonda boʻladi.

Baliq. Kirib kelayotgan haftada sizni yangi taassurotlar va yorqin his-tuygʻular kutmoqda. Salomatlikka jiddiy eʼtibor qaratib, oʻzingizga biroz dam bering va kelgusi uzoq muddat uchun kuch-quvvat yigʻing – bu sizga hozir juda zarur. Oila aʼzolaringizga koʻproq vaqt ajratishga harakat qiling. Dam olish kunlari ular bilan birgalikda sayrga chiqing.