Ibrat

Afrika qabilalari vakillarining bu odatlaridan ibrat olsak boʻlar ekan. Aslida ham maqsad aybdorni jazolash emas, boshqa xatolarning oldini olish boʻlishi kerakligining hayotiy ifodasi.

Ular qabiladan kimdir yomon ish qilsa uni aholi punktining markaziga olib kelishadi. Olomon aybdorni oʻrab olishadi va ikki kun davomida uning qilgan barcha yaxshiliklarini eslab, buning uchun unga minnatdorlik bildirishadi.

Ularning fikricha har bir inson dunyoga yaxshilik qilish uchun keladi. Hamma sevgi, baxt, tinchlik va xavfsizlikni xohlaydi. Ammo baʼzida bu yoʻlda odam xato qiladi. Qabiladagilar bu xatolarni koʻrib yordam berish kerakligi haqida oʻylashadi. Ular yiqilganni koʻtarish, asl qiyofasini tiklash va unga aslida kim ekanligini eslatish uchun birlashadilar.