Nobel mukofoti sohibi, taniqli adib Ernest Xemingueyning (1899—1961) ijodini adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi. Lekin uning hayoti borasida bunday deyish mushkul. Shu boisdan quyidagi maʼlumotlar koʻpchilikda qiziqish uygʻotadi deb oʻylaymiz.

Boʻlajak buyuk yozuvchiga bolaligida onasi koʻpincha qiz bolalarning kiyimini kiygʻazib qoʻyarkan. Aytishlaricha (agar toʻgʻri boʻlsa), uning sochini olti yoshga toʻlganda ilk bor olishgan ekan.

Ernestga toʻrt yoshligidayoq otasi ov qilishni, baliq ovlashni oʻrgatgan. Musiqaga qobiliyati yoʻqligiga qaramay, bolaligida uni violonchel chalishga majburlashgan.

Xeminguey bobosini juda yaxshi koʻrardi. Bobosi unga 12 yoshga toʻlganida ov miltigʻi sovgʻa qilgan. Ernest oʻsmirligidayoq ijod qilishni boshlagan. Uning maktab gazetasida chop etilgan maqolalarida ham isteʼdod uchqunlari koʻrinib turardi.

Adib hayotida koʻp bora oʻlim bilan roʻpara kelgan. U oʻn martadan ziyod yoʻl-transport hodi­sasiga uchragan, ovda ikki marta jarohatlangan, urushda harbiy muxbir sifatida qatnashgan kez­lari yaralanib, tanasida koʻplab oskolkalar qolgan. 1961-yilda esa otasi singari oʻz joniga qasd qilgan. 

Ulugʻ yozuvchi dastxat berishni yoqtirmasdi. Lekin baʼzi muxlislari uning dastxatini olishga muvaffaq boʻlishgan. Keyinroq bu yozuvlarni kimoshdi savdolarida baland narxlarda sotishgan.

Ernest Xeminguey nihoyatda dovyurak inson boʻlgan. Masa­lan, u korridoda ishtirok etgan. Sherlar qamalgan qafasga kirgan. Bir gal hatto boks boʻyicha Ame­rika chempioniga qarshi ringga chiqqan.

1978-yilda kashf etilgan kichik sayyoraga ulugʻ adibning nomi berilgan.

Bobomurod TOSHEV tayyorladi.