Oʻz uslublari bor
Ijtimoiy tarmoq maʼlumotlariga koʻra, rivojlangan davlatlar orasidagi eng ayovsiz politsiya Braziliyanikidir. Mazkur mamlakatda narkomafiya juda kuchli, shu bois braziliyalik politsiyachilarga jinoyatchilarga “oʻz uslublari” bilan qarshi kurashadilar. Aksar hollarda mazkur uslublar jinoyatchilarnikidan deyarli farq qilmaydi.
Qurolsiz patrullik
Buyuk Britaniyada koʻchada patrullik qilayotgan oddiy politsiyachilar oʻzlari bilan qurol olib yurishmaydi. Ularning vazifasi fuqarolarni jinoyat qilmaslikka undashdir. Bu jarayonda politsiyachilar soʻzlardan foydalanishlari kerak. Zarurat tugʻilganda esa tish-tirnogʻigacha qurollangan maxsus otryad xodimlarini yordamga chaqirishadi.
XVI asrgacha Rossiyada politsiya boʻlmagan
Keyinroq mazkur tizim paydo boʻlgach, qonunni himoyalovchilar podsho yoki boyonlar mablagʻi evaziga faoliyat koʻrsatgan. Bu oʻzgarish koʻchalarda jinoyatchilikning keskin kamayishiga turtki boʻlgan.
Politsiya soʻzining maʼnosi
Politsiya soʻzi lotincha politia soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, davlat tizimi maʼnosini anglatadi.
Angliyada politsiyachilarni Bob deyishadi
Angliyada politsiyachilarni Bob yoki Bobbi deb atashadi. Bu soʻz Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Robert Pil nomi bilan bogʻliq. U XIX asr oxirida politsiyani samarali va ochiq tizimga aylantira olgan. Bob soʻzi esa Robert soʻzining qisqartmasidir.
Chikatilo sabab
Sobiq ittifoq militsiyasi shafqatsiz qotil Andrey Chikatiloni qoʻlga olishga qaratilgan harakatlari davomida Chikatiloga aloqasi boʻlmagan mingdan oshiq jinoyatlarni fosh qilishga muvaffaq boʻlishgan. Binobarin, ushbu jinoyatlarning 95 tasi qotillik, 245 tasi zoʻrlashdir.
Xizmatga yarasha unvon
AQSh politsiyasiga xizmatga olingan har 10 nafar xodimning 9 nafari ishga kirgan vaqtidagi unvoni bilan pensiyaga chiqadi. Chunki ularda unvon xodimning ishlagan yillariga emas, yuqorilashiga asos boʻladigan xizmati uchun berilarkan.
Alijon ABDUSATTOROV tayyorladi.
