Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahri Jamoat Xavfsizligi Bosh boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida boʻlishdi.

Mehmonlarga Toshkent huquqni muhofaza qilish idorasining tuzilmasi va asosiy vazifalari, islohot va istiqboldagi rejalar haqida qisqacha soʻzlab berildi. Delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi hamda “Shon-sharaf” muzeyi faoliyati bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Uchtepa tumani huquq-tartibot maskani hamda Shayxontohur tumani IIOFMBning 3-sonli IIBga tashrif buyurishdi.

Yakunda ikki poytaxt ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, jamoat xavfsizligini taʼminlashda zamonaviy texnologiyalarni va sunʼiy intellektni qoʻllashda hamkorlikni rivojlantirish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning internet tarmoqlari hamda telekommunikatsiya texnologiyalari orqali muomalaga kiritilishi, transmilliy jinoyatchilikka qashi kurashishda amaliy hamkorlikni va maʼlumot almashishni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama qilindi.

Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi