Krossvord kishining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini oshirish, shuningdek, diqqatini bir joyga jamlashda muhim oʻrin tutadi. Shu bois unga qiziquvchilar hamma davrlarda istagancha topiladi.
Tarixda krossvord bilan bogʻliq qaltis hodisalar ham uchrab turadi. Shulardan biri 1944 yilda "Daily Telegraph" gazetasida Ittifoq (Buyuk Britaniya, Frantsiya, SSSR, AQSH) qoʻshinlarining Normandiyaga kirish boʻyicha yashirin operatsiyasining barcha kodli nomlarini oʻz ichiga olgan krossvorddir. U nashr etilgan va shov-shuvlarga sabab boʻlgan.
Shundan soʻng razvedka xizmati maʼlumotlar tarqalgan manbani tekshirishga shoshilgan. Oxir-oqibat ushbu sirli krossvord bir keksa maktab oʻqituvchisi tomonidan rejalashtirilgan harbiy operatsiyadan mutlaqo xabarsiz holda tuzilganligi aniqlangan. Tasodifiy oʻxshashlikdan harbiylar qatori oʻqituvchining oʻzi ham hayratda qolgan.
Siz ham krossvord yechayotgan chogʻingizda diqqatingizni bir joyga jamlang, balki qandaydir muhim sirdan ogoh boʻlarsiz...
Sherzod Abdusamadov tayyorladi.
