*Qalbni uch narsadan tozalash zarur – ochkoʻzlik, hasad va ortiqcha rashkdan.
* Keksalik yaqinlashayotganidan emas, unga yetib bormaslikdan qoʻrqing.
* Kimki oʻzi baxtli boʻlsa, boshqalarga yomonlikni ravo koʻrmaydi.
* His-tuygʻularini boshqarishga oʻrgangan inson oʻz hayotining xojasiga aylanadi.
* Yomon kuningda yoningda turgan emas, baxtli onlaringda hasaddan boʻgʻilmagan inson haqiqiy doʻstdir.
* Eshkakni boshqarishga oʻrganmaguncha qayiqni oʻzgartirgan befoyda.
* Ahmoq odam yaqinlarini qayta tarbiyalashga urinadi. Aqlli – ularga ilm berishga, nimanidir oʻrgatishga intiladi. Va faqat donogina deyarli imkonsiz ishni amalga oshiradi – ular qanday boʻlsa, shundayligicha yaxshi koʻradi.
* Avval kunning tez oʻtib ketganiga hayron boʻlamiz, keyin esa bu kun emas, balki butun boshli hayot boʻlganini anglab yetamiz.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
