Ibratli hikoyatlar
Hukmdorning saroy eshigida bir azamat turardi. Bu yigit qozining bolasi edi. Zehni, aql-idroki juda oʻtkir edi. Bolaligidan unda shunday qobiliyat boʻlib, hamma unga hasad bilan gapirardi. Aqllimisan aqlli boʻlib, boshi uzra ulkan yulduz porlagan edi. Bir qancha vaqtdan oʻtib, kelishgan va ruhiyati ancha koʻtarilgan bu yigit sultonning nazariga tusha boshladi. Donolar:
“Boylik mol-mulk bilan emas, hunar bilan boʻladi. Aql yoshda emas, boshdadir” , – deganlar. Ammo qismatni qarangki, tengdoshlari unga hasad qilishdi. Sultonning nazaridan qoldirish uchun uni xoinga chiqardilar. Hatto munofiq sanab oʻldirmak uchun yomon ishlarga undadilar. Shu payt sulton vaziyatdan xabar topib, yigitni huzuriga chaqirtirdi. Va undan:
– Ular sendan nima istaydilar? Nega senga bu qadar dushmanlik qiladilar? – deb soʻradi.
Yigit tavozeʼ bilan shunday javob berdi:
– Sultonimning davlat soyasida eshik ogʻalarimning hammasini koʻnglini oldim. Faqatgina hasadchilarga qoʻshilmadim. Hech kimni xafa qilmadim, ammo hasadchiga nima ham qila olardim? Ular ich-ichlaridan azobdadirlar. Ular faqatgina qoʻlimdagi neʼmatlarni yoʻqotishim, pastlarga tushishim ila sevinadilar; rohat qiladilar. Siz, sultonimning davlati va iqboli bor boʻlsin.
Hikmat
Hasadgoʻylik, insonga halovat bermaydi. U sogʻlik va huzurning eng kichik dushmanidir. Kishining oʻziga ham, atrofidagilarga ham ulkan zarar keltiradi.
“Guliston”dan
