Salomatlik saboqlari
ERITMADA tomoqni chayish
Preparat tarkibida ikkita taʼsir qiluvchi ekstrakt – evkalipt va mirta mavjud. Ular antiseptik taʼsirga ega boʻlib, bakteriya va mikroblarga qarshi samarali kurashadi. Shuningdek, ushbu dori vositasi ogʻriqni qoldirib, viruslar va kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarning koʻpayishiga yoʻl qoʻymaydi.
Bundan tashqari, u tomoqdagi ogʻriqni kamaytiradi. Mazkur vosita ogʻiz sohasidagi shilliq pardani «yuvib» oʻtayotganda tiklanish (regeneratsiya) jarayonlarini tezlashtiradi. Aynan shu sababdan u bir qator xastaliklarni davolashda yaxshi samara beradi.
Xlorofillipt nafas yoʻllari kasalliklari, angina hamda yiringli va oʻtkir tonzillit holatlarida shifokor tomonidan buyuriladi. U nafaqat zararlangan bodomsimon bezda, balki butun organizmda infeksiya rivojlanishi surʼatini tezda toʻxtatishga qodir. Odatda vosita yakka oʻzi emas, kompleks davolash tarkibida qoʻllaniladi.
Tayyorlash va qoʻllash usuli
Xlorofillipt bir necha shaklda: yogʻli eritma, sprey, inyeksiyalar uchun steril eritma, shuningdek, tabletka va spirtli suyuqlik koʻrinishida ishlab chiqiladi. Aynan spirtli eritma shaklidagi xlorofillipt bodomsimon bez holatini yaxshilash uchun qoʻllaniladi. Tomoq chayish uchun foydalanganda, bir nechta qoidalarga amal qiling.
200 ml suvga bir choy qoshiq eritma solinadi. Bu ham kattalar, ham bolalar uchun meʼyor hisoblanadi. Miqdorni faqat shifokor tavsiyasi bilan oshirish mumkin.
Suv issiq holda tomoqni kuydirmasligi va sovuq holda ahvolni yomonlashtirmasligi uchun iliq koʻrinishda boʻlishi kerak.
Tayyorlangan suyuqlik darhol ishlatilishi lozim, aks holda, vaqt oʻtishi bilan uning antiseptik xususiyati yoʻqoladi.
Uning yordamida boʻgʻizdagi bakteriyalar yuvib tashlanadi. Suyuqlikni aslo yuta koʻrmang.
Ogʻiz chayishni ovqatlanib boʻlgandan soʻng amalga oshirgan maʼqul. Antiseptik taʼsir koʻrsatishga ulgurishi uchun kamida yarim soat suyuqlik yoki boshqa narsa isteʼmol qilmaslik lozim.
Muolajani 5 daqiqa davomida kuniga hech boʻlmasa 4 marta oʻtkazish kerak. Ogʻiz chayish oʻrtacha 4–10 kun bajariladi.
