* Afsuski, biz ega boʻlmagan birgina narsa barcha bor narsalardan zavq olib yashashga, shukur qilishga xalaqit qiladi. Bu – haqiqat!
* Kelajak unga ishongan, mashaqqatli hayot yoʻli orqali baʼzan qoqilib, baʼzan yiqilib u tomon borgan, lekin shunda ham ezgulikka ishonchini va odamlarga yaxshilik qilish istagini yoʻqotmagan kishilarga baxt olib keladi.
* Hayot tarzi fikrlash tarzidan boshlanadi. Qolgan hammasi – vosita.
* Hayotimiz – bir sayohat, gʻoya esa – yoʻlboshchi. Yoʻlboshchi yoʻq boʻlsa, hamma narsa toʻxtaydi, maqsad ham havoga uchadi.
* Hayotingni hech narsani ortga surma. Vaqt seni kutib turmaydi…
* Odamlarning faqat yaxshi tarafini koʻrishga intilgan koʻzlar eng goʻzal koʻzlardir.
* Umr boʻyi hayot uchun kurashish lozim! Mushtlarni mahkam siqib, koʻz-yoshini ichga yutgan holda yuzda tabassum bilan maqsad sari intilish kerak. Oxirigacha. Har doim.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
