Yoʻl-transport hodisalarining 90 foizidan ortigʻi rivojlanayotgan mamlakatlarda sodir boʻladi. Dunyoda yoʻl-transport hodisalari qurbonlarining deyarli yarmi piyodalar, velosipedchilar va mototsiklchilar hisoblanadi. Yoʻl-transport hodisalari natijasida oʻlim Afrika hamda Yaqin Sharq mamlakatlarida biroz kamroq qayd etiladi. 

* * *

Germaniya va AQSHda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash zarurati XIX asrning oʻrtalaridayoq yaqqol namoyon boʻlgan. Harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida zamonaviy svetoforlar birinchi marotaba Angliyada oʻrnatilgan. 

* * *

Shvetsiya yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha strategiya ishlab chiqishning aniq namunasidir. Mamlakat boʻylab milliy strategiyani amalga oshirish doirasida yoʻl-transport hodisalari uchun javobgarlik yoʻl infratuzilmasi loyihachilari, quruvchilar, transport vositalari ishlab chiqaruvchilari, politsiya va yoʻl harakati qatnashchilari (haydovchilar, piyodalar, velosipedchilar va boshqalar) oʻrtasida taqsimlandi. Bu ayni paytda avtohalokatlar sonini keskin kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, yoʻl harakati qoidalariga muvofiq, umumiy foydalanishdagi yoʻllarda velosipedlar va piyodalar uchun alohida yoʻlakcha boʻlishi kerak. Umumiy foydalanish yoʻllarida avtomobillar velosipedlar yoʻlakchasida toʻxtab turish va yurish huquqiga ega emasligi belgilangan. Qolaversa, «tezlikni pasaytirish vositasi» nazarda tutilgan boʻlib, bundan asosiy maqsad xavfsizlik holatini kuchaytirishdir. 

* * *

Buyuk Britaniyada politsiya xodimi qoidalarni buzgan holda toʻxtab turgan mashina eshigini ochib, uni jarima maydoniga olib borish vakolatiga egadir. 

* * *

Norvegiyada yoʻl harakati qoidalarini 

ommaviy targʻib qilish namunali tarzda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bunda mamlakat OAVlari muhim rol oʻynaydi. Bundan tashqari, ushbu davlatda Milliy yoʻl harakati xavfsizligi forumi mavjud boʻlib, unda har bir jiddiy holat qamrab olinadi va keng tahlil qilinadi.