* Yomon kuningda yoningda turgan emas, baxtli onlaringda hasaddan boʻgʻilmagan inson haqiqiy doʻstdir.
* Hamisha hayotdan nolib yuradigan odamlardan uzoq turing. Negaki, bu «dard»ning davosi yoʻq va koʻp hollarda yuqumli boʻlishi ham mumkin.
* His-tuygʻularini boshqarishga oʻrgangan inson oʻz hayotining xojasiga aylanadi.
* Ahmoq odam yaqinlarini qayta tarbiyalashga urinadi. Aqlli – ularga ilm berishga, nimanidir oʻrgatishga intiladi. Va faqat donogina deyarli imkonsiz ishni amalga oshiradi – ular qanday boʻlsa, shundayligicha yaxshi koʻradi.
* Eshkakni boshqarishga oʻrganmaguncha qayiqni oʻzgartirgan befoyda.
* Keksalik yaqinlashayotganidan emas, unga yetib bormaslikdan qoʻrqing.
* Kimki oʻzi baxtli boʻlsa, boshqalarga yomonlikni ravo koʻrmaydi.
* Qoʻlni ish bilan, yurakni mehr bilan, aqlni maqsad bilan, xotirani foydali bilim bilan, kelajakni ezgu umidlar bilan band et!
* Qarshingda yopilgan eshikka eʼtibor qaratma. Bilginki, bu vaqtda boshqasi ochilgan boʻladi. Aksariyat hollarda insonlar yopiq eshikka boqib, qimmatli vaqtini boy beradi. Sen uchun ochilgan eshikni izla!
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
