Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida dzyudo boʻyicha anʼanaviy xalqaro turnir oʻtkazildi. Ichki ishlar hamda Politsiya xodimlari oʻrtasida 17-marotaba tashkil etilgan ushbu xalqaro turnirda Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.
Quvonarlisi, terma jamoa orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimi Umid Abdullayev ham bor. U 73 kg vazn toifasida tengsiz deb topildi va faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Final bahslarida terma jamoamiz vakillari gʻoliblikni qoʻlga kiritib, oltin medal va kubok bilan taqdirlanishdi.
Alisher NAZAROV,
mayor.
Buxoro viloyati.
