“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Fargʻona viloyati IIB ayollar shaxsiy tarkibi oʻrtasida kamondan oʻq otish, jangovar qurollarni toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Unda ishtirok etgan Barchinoy izdoshlari oʻzlarining bor mahoratini ishga solib, qanchalik epchil va chaqqon ekanliklarini amalda isbotlab berishdi. Musobaqa jarayoni malakali hakamlar tomonidan baholab borildi. Yakunda esa eng mahoratli qizlarning qoʻli baland kelib, gʻoliblar safidan joy oldilar.

Jangovar qurollarni toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlar ham xodimlarning kasbiy mahoratini yana bir bor sinovdan oʻtkazdi. Tadbir yakunida yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.