Toshkent shahar Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol-xodimalar oʻrtasida oʻtkazilgan “Toʻmaris izdoshlari” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.
Keskin va murosasiz kechgan bahslarning yakuniy natijasiga koʻra, 1-oʻrinni IIBB markaziy apparati terma jamoasi qoʻlga kiritdi. 2-oʻrinni esa Yakkasaroy tumani IIOFMB sportchi ayollari egalladi. 3-oʻrin Olmazor tumani IIOFMB xodimalariga nasib etdi.
Jamoalar Bosh boshqarma
rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan tantanali ravishda ragʻbatlantirildi.
Sarvar SOBIROV,
"Postda" muxbiri.
