Urganch shahridagi sport majmuasida yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish maqsadida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun oʻtkazilgan mazkur bellashuvda shahar va tumanlardan tashrif buyurgan 13 ta jamoa ishtirok etishdi. Hakamlar hayʼati har bir jamoaning harakatlarini diqqat bilan kuzatib, xolisona baholab borishdi.
Murosasiz kechgan bellashuvlarda Qoʻshkoʻpir tumani yoshlaridan iborat terma jamoa faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Shovot hamda Yangibozor tumanlari terma jamoalari esa ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
Gʻolib va sovrindor jamoalar viloyat IIB tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
