Qashqadaryo viloyati IIB tarkibiy boʻlinmalari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIB xodimlari oʻrtasida shaxmat va shashka boʻyicha musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan shaxmat musobaqasida 1-oʻrinni IIV ShHBB viloyat boʻyicha boshqarmasi kanselyariya boshligʻi, safdor Jamshid Aliqulov qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni boshqarma HPB katta inspektori, mayor Isomiddin Gʻulomov va EKM bosh eksperti, katta leytenant Abdurazzoq Xudoyberdiyev band etdi.
Musobaqaning xotin-qizlar oʻrtasidagi shashka yoʻnalishida Qarshi shahar IIOFMB VEBIG katta inspektori, podpolkovnik Adolat Begimova barcha raqiblaridan ustunligini namoyish etib, gʻoliblik shohsupasidan joy oldi. Viloyat IIB HPB inspektori, mayor Charos Noibova 2-oʻrinni, boshqarma JXX kanselyariya boshligʻi, safdor Feruza Tojiyeva 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Umid MALLAYEV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
