Namanganning Kosonsoy tumanida 11-va 17-may kunlari Koʻzi ojizlar jamiyati tashabbusi tashkil etilgan shashka boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqa “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. 

Mazkur musobaqa Buxoro shahridagi 24-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati uchun kutilmagan voqealarga boy tarzda kechdi. Yaʼni, maktab-internatning olti nafar oʻquvchisi yuqori oʻrinlarni egallab, chempion boʻlib qaytishdi. Jumladan, maktab-internatning 12-sinf oʻquvchisi Javohir Jamolov hamda 10-sinf oʻquvchisi Muhsina Iskandarovalar klassik yoʻnalishda, 9-sinf oʻquvchisi Jasur Obloqulov esa ham klassik, ham rapid yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻrinni egallashdi. Shuningdek, D. Ergasheva, Sh. Jahonqulov, O. Abduhakimova singari oʻquvchilar ham faol ishtirok etib, uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. 

M. AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.