Fargʻona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida 2022 yil davomida jahon, Osiyo chempionatlari, nufuzli xalqaro turnirlar hamda respublika musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan sportchilar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.Tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. 

Tadbirda yil davomida yuqori natija koʻrsatgan sportchilar, murabbiylar hamda muassasalar rahbarlari, shuningdek, faxriylar pul mukofotlari va sovgʻalar bilan taqdirlandi. Eʼtiborlisi, ular orasida ichki ishlar organlari xodimlari ham bor.

Xususan, boks boʻyicha Osiyo chempioni – viloyat IIB TVBSO oʻt ochib qoʻllash guruhi katta mutaxassis-oʻqchisi, safdor Lazizbek Mullajonov tadbirning bosh sovrini – “Yilning eng yaxshi sportchisi” nominatsiyasi gʻolibligiga munosib koʻrildi.

Koʻplab xalqaro musobaqalar sovrindori, ushbu otryadning katta mutaxassis-oʻqchi-sanitari, serjant Lutfilla Saydamatov ham viloyat hokimi tomonidan pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.