Qirgʻizistonning Choʻlpon-Ota shahrida sambo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon kubogi bahslarida dunyoning 10 dan ortiq davlatidan 24 ta vazn toifasida eng kuchli sportchilar gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi.

Unda ishtirok etgan mamlakatimiz terma jamoasi tarkibida boʻlgan IIV Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulʼteti tinglovchisi, safdor Neʼmat Yoqubov ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, 98 kg. vazn toifasida kumush medalga loyiq topildi.

Biz ham hamkasbimizni ana shunday ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz!

Oʻz muxbirimiz.