Ayni kunlarda Qirgʻizistonning Choʻlpon ota shahrida sambo boʻyicha Jahon kubogi bellashuvlari oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, mazkur musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi tarkibida boʻlgan Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimi Ubaydullo Moʻminov ham munosib ishtirok etmoqda. 71 kg vazn toifasida bellashgan Ubaydullo koʻplab raqiblarini magʻlub etib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Alisher NAZAROV,

mayor.

Buxoro viloyati.