Namangan shahrida bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida taekvandoning ITF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Ikki mingga yaqin yosh sportchilar qatnashgan musobaqada tarkibida 20 nafar taekvandochi boʻlgan Jizzax viloyati terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi. Jumladan, ular 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qoʻlga kiritdilar.
Oltin medal sohiblari orasida IIV Jizzax akademik litseyi oʻquvchisi Sevara Qodirova ham bor. Ayni vaqtda u jamoadoshlari bilan birga shu yilning noyabr oyida Buxoroda boʻladigan xalqaro turnirga, shuningdek dekabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston kubogi hamda Belarus Respublikasida tashkil etiladigan Jahon kubogi musobaqalariga hozirlik koʻrmoqda.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
