Joriy yilning 15-20-noyabrida Toshkent shahrida Osiyo kubogi uchun taekvando boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Jizzax shahar IIB tashkiliy boʻlimi kanselyariya ish yurituvchisi, safdor Yulduz Urdusheva tul va sparring yoʻnalishlarida 1- oʻrinni qoʻlga kiritdi.  

18-19-noyabr kunlari esa ayni shu sport turi boʻyicha Samarqand shahrida Oʻzbekiston kubogi uchun musobaqa oʻtkazildi. Unda Doʻstlik tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, leytenant Sarvinoz Usmonqulova 3- oʻrinni egalladi. Shu maʼnoda gʻoliblarga viloyat IIB rahbariyatining sovgʻalari topshirildi.  

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.  

Jizzax viloyati.