IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7531-harbiy qismda sportning mini futbol turi boʻyicha harbiy qismlar terma jamoalari oʻrtasida qoʻshinlar birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtgan ushbu bellashuvlarda Qarshi shahridagi 7533-harbiy qism sportchilari barcha raqiblarini dogʻda qoldirib, 1-oʻringa munosib topildi. Buxoro viloyati va Toshkent shahrida joylashgan 7536 hamda 7534-harbiy qism futbolchilari esa ikkinchi va uchinchi oʻrinlar bilan kifoyalanishdi.
Musobaqa yakunida qoʻshinlar qoʻmondoni, polkovnik Hasan Botirov gʻolib jamoalarga kubok, medalʼ va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
