Viloyat IIB ekspert-kriminalistika xizmati va uning quyi tizimlari xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda xodimlar test sinovlari topshirishdi. “Kalashnikov” avtomati va “Makarov” pistoletini toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻishga hamda ekspert-kriminalistika faoliyatiga oid egallagan bilimlari ishchi guruh aʼzolari tomonidan baholandi.

Tanlovda viloyat IIB ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti, podpolkovnik Bunyod Hamroyev birinchi oʻrinni egalladi va koʻrik-tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinlarni Kogon shahar IIB ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti, leytenant Dostonbek Rahimov hamda Buxoro shahar IIOFMB ekspert-kriminalistika boʻlinmasi eksperti, kapitan Sarvar Rashidov egalladi.

E.RADJABOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.