Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, harbiy xizmatchilarning 60 nafari respublika, 18 nafari xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida ishtirok etgan, 15 nafari sport ustasi, 20 nafari sport ustaligiga nomzod va xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga ega.

Turli vazn toifalarida boʻlib oʻtgan musobaqa yakunlariga koʻra, Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-sonli harbiy qism jamoasi gʻolib deb topildi. Qarshi shahridagi 7533-sonli harbiy qism vakillari ikkinchi, Kogon shahridagi 7536-sonli harbiy qism jamoasi esa uchinchi oʻrinni egallashdi. 

Gʻolib va sovrindorlar kubok, diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. 

Hasan QODIROV,

kichik serjant.