IIV JIED Toʻrtinchi mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish koloniyalari, manzil koloniyalari va tergov hibsxonalari yosh xodimlari oʻrtasida kurash musobaqasi oʻtkazildi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarda 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasi davolash-profilaktik yordam koʻrsatish boʻlimi feldsheri, katta serjant Hidoyat Eshmurodov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Sherzod ESHMURODOV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
