Ayni kunlarda ichki ishlar organlari tizimida oʻtkazilayotgan “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Jizzax viloyati yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida huquq-tartibot organlari saflarida xizmat oʻtayotgan shahodatlangan xodimlar ishtirokida qoʻl jangi boʻyicha “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati kengashi birinchiligi boʻlib oʻtdi. 

Qiziqarli va hayajonli lahzalarga boy mazkur musobaqada birinchi oʻrinni Jizzax viloyati ichki ishlar organlari jamoasi egalladi. Keyingi oʻrinlar DXX chegara qoʻshinlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boshqarmasi jamoasiga nasib qildi. Yakunda gʻoliblar munosib taqdirlandi.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.  

Jizzax viloyati.